

“Biz bundan ham ko'prog'ini amalga oshirishni istaymiz. Tarkibni kuchaytirish hamda jamoaga yanada ko'proq sifat olib kirish uchun har gal imkoniyat tug'ilganda, bundan foydalanishimiz shart. Biz buni faol tarzda amalga oshirishga urinyapmiz. Biz harakat qilishda davom etamiz”, – dedi Arteta.
Eslatib o'tamiz, oldinroq “Arsenal” “Nyukasl Yunayted”dan yarim himoyachi Bruno Gimaraes, “Bryugge”dan vinger Xristos Colis, “Lids Yunayted” darvozaboni Illan Mele bilan shartnoma imzoladi, shuningdek, himoyachi Pero Inkapening to'liq transfer huquqini “Bayer”dan sotib oldi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, londonliklar yangi o'yinchilar xaridi uchun 176,5 million evro sarflashgan.



