Reyndersning "Al Qodisiya"dagi maoshi ma'lum

14 avg 2026, 08:50
"Al Qodisiya" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Teyani Reyndersga yiliga 20 mln evro maosh bilan besh yillik shartnoma taklif qildi.

Bu haqda "De Telegraaf" xabar beradi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, yaqin orada 28 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Avvalroq OAVda Saudiya Arabistoni klubi Reyndersning o'tishi uchun taxminan 60 mln evro to'lashga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

O'tgan mavsumda Reynders barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol va so'kkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: De Telegraaf