

Bu haqda "Sport.es" xabar beradi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "blaugrana"ni qiziqtirayotgan eng taniqli o'yinchi - 2026 yilgi jahon chempionatida Pau Kubarsi bilan birga himoya juftligini shakllantirgan "Atletik Bilbao" futbolchisi Emerik Lyaportdir.
Shuningdek, Kataloniya klubi "Leyptsig"dan Kastello Lyukebani kuzatmoqda. Uning shartnomasida 80 mln evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan, ammo "buqalar" 23 yoshli o'yinchini kamroq summaga sotishlari mumkin.
"Barselona"ga "Betis" himoyachisi Natan ham qiziq. Uning tovon puli miqdori ham 80 mln evroni tashkil etadi, ammo uni ham arzonroq narxga qo'yib yuborishga tayyorlar. Avvalroq futbolchining agenti "ko'k-anorranglilar" tomonidan qiziqish borligini tasdiqlagan edi.



