"Manchester Siti" "Barselona"ning Rodri transferi bo'yicha ikkinchi taklifini rad etdi. "Shaharliklar" qancha so'rayotgani ma'lum

13 avg 2026, 08:35
"Manchester Siti" "Barselona"ning yarim himoyachi Rodri transferi bo'yicha ikkinchi taklifini rad etdi, deb xabar beradi "The Times".

Avvalroq "Barselona" Angliyaning "Manchester Siti" klubiga yarim himoyachining transferi uchun taxminan 60 mln evro taklif qilgani xabar qilingan edi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Angliya klubi ushbu taklifni rad etgan va futbolchi uchun taxminan 80 mln evro talab qilmoqda.

Avvalroq "Manchester Siti" "Barselona"ning taxminan 45 mln evro miqdoridagi taklifini rad etgani haqida xabar berilgan edi.

Angliya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 30 yoshli Rodri 21 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida beshta o'yin bor. Futbolchi samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times