

Ushbu epizodda "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinisius Junior maydondan chetlatilgan edi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi to'pni darvozaga yo'llashdan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Natan-Dilan Salibaning sochidan ushlab tortgan. Videotakrorni ko'rib chiqqandan so'ng gol bekor qilindi va hujumchiga qizil kartochka ko'rsatildi.
VAR: Isidro, gol urishga urinish vaqtida mumkin bo'lgan zo'ravonlik harakatini baholash uchun videotakrorni ko'rib chiqishni tavsiya qilaman. Jarohat olish xavfi bor, Vinisius "Vilyarreal" o'yinchisining sochidan tortganini payqadik.
Dias de Mera: Juda yaxshi, men ham buni ko'rdim.
VAR: Ushbu epizod gol urilgan fazaning o'zida sodir bo'ldi.
Dias de Mera: U holda o'yinni foldan so'ng qayta boshlayman va maydon egalarining ettinchi raqamli o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsataman, - deya muloqotni yakunlagan bosh hakam.



