Ali bin Al Hussayn: "Osiyoning yagona poziciyasi haqidagi gaplar - yolg'on"

Sherzod Nurmatov
27 okt 2026, 19:15
Iordaniya futbol federatsiyasi prezidenti Ali bin Al Hussayn Osiyo qitasi vakillari FIFA prezidentini saylashda yagona poziciyaga ega, degan iddaolarga nuqta qo'ydi.

"FIFA saylovlariga keladigan bo'lsak, konfederatsiya prezidentlari bu yerda hech narsani hal qilmaydi: ovoz berish har bir a'zo assotsiatsiya tomonidan alohida amalga oshiriladi. Shunday ekan, yaqinda paydo bo'lgan konfederatsiya yoki FIFA kengashi a'zolari ovoz berishga ta’sir ko'rsatadi, degan davolar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

OFK kongressi bo'lib o'tgan Tokiodan qaytib kelar ekanmiz, dastlabki ikki kun barchamiz xizmat qilayotgan futbol haqida bo'ldi. So'nggi kun esa Janni Infantinoning topshirig'i bilan sof siyosatga aylandi.

Osiyo kelgusi FIFA prezidentini saylashda yagona poziciyaga ega, degan xabarlar tarqaldi.

Aslida esa hech kimga gapirishga, savol berishga, muhokama qilishga yoki OAV bilan suhbatlashishga ruxsat berilmadi.

Shaffoflikning yo'qligi javobgarlikning yo'qligiga olib keladi.

Hech qanday majburlash, tahdid yoki pora berishga yo'l qo'yilmasligi kerak", – dedi u.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/alibinalhussein