"Real" La Liganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisini sotib oldi

31 iyul 2026, 01:38
"Real" klubi yosh ispaniyalik hujumchi Karlos Espining transferini rasman e'lon qildi.

"Qirollik klubi" o'tgan mavsum La Liganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan 20 yoshli iqtidor egasi uchun 25 million evro to'ladi. Espi Madrid klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi va yangi mavsumdan boshlab jamoa sharafini himoya qiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Espiga "Barselona", "Arsenal" va "Bayer" kabi klublar ham qiziqish bildirgan. Biroq futbolchi faoliyatini aynan "Real"da davom ettirishni maqul ko'rdi va madridliklar transferni qisqa muddat ichida yakunladi.

Espi o'tgan mavsumda “Levante” tarkibida LaLiganing 25 o'yinida qatnashib, 11 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: realmadrid.com