

Avvalroq Madrid klubining bu futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq keyinroq “Real” klublar o'rtasidagi munosabatlarni buzmaslik uchun Oliseni sotib olishga urinib ko'rmasligi ma'lum bo'lgandi.

“Umuman hech qanday xavotir yo'q! Men qotib kuldim. Shartnoma qancha muddatga mo'ljallanganini tekshirib ko'rdim: yana 3 yil bor ekan. Bu men uchun umuman muammo emas. Hozir hatto Xitoy imperatori kelib so'rasa ham, biz u bilan gaplashib o'tirmagan bo'lardik”, – dedi Xyoness.



