"Real Sosedad" matbuot kotibi Fayzullaevga bo'lgan qiziqish haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Sherzod Nurmatov
4 dek 2024
"Real Sosedad" matbuot kotibi Xon Ander Munduate Moskvaning SSKA futbolchisi Abbos Fayzullaevning Ispaniya jamoasiga transfer qilinishi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

Avvalroq San-Sebastyan klubining o'zbekistonlik yarim himoyachiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.  

"Sport direktorimiz joriy mavsum oxirida klubni tark etadi, shuning uchun menda "Real Sosedad"ning transferlari haqida hech qanday ma'lumot yo'q", – dedi Munduate.

Fayzullaev joriy mavsum barcha turnirlarda 22 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bobsoccer.ru