APL top klubi Alvaresni "Barselona"dan ilib ketishi mumkin

26 iyun 2026, 20:46
"Manchester Yunayted" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares uchun kurashga qo'shildi.

Bu haqda insayder Markos Duran xabar bermoqda.

Angliya klubi allaqachon futbolchining agenti bilan bog'landi. Avvalroq Alvares joriy transfer oynasida klubini o'zgartirmoqchi ekanligini ochiq e'lon qilgan edi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi uchun asosiy da'vogar "Barselona" hisoblanadi. Shuningdek, futbolchi "Real”, PSJ va "Arsenal" bilan ham bog'langan.

Xulian Alvares 2024 yildan beri "Atletiko" sharafini himoya qilib kelmoqda. Hujumchi Madrid klubiga “Manchester Siti"dan o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/marqoss