Abbos Fayzullaev: "Jahon chempionatiga tayyormiz"

Iskandarov Abdulaziz
11 iyun 2026, 19:10
O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Atalantadagi mashg'ulotini OAV va muxlislar uchun ochiq tarzda o'tkazdi.

Terma jamoamiz futbolchisi Abbos Fayzullaev tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr bildirdi.

"Birinchi yig'inda jismoniy tayyorgarlikka e'tibor qaratildi. Bu narsa sekin ko'rinishni boshladi. Endilikda taktik ishlanmalar va raqiblarni o'rganishni boshladik.

Jahon chempionati oldidan hayajon bo'lishi tabiiy. Hayajonsiz qanday bo'ladi, bilmayman. Lekin o'zimga ishonch ortgan. Musobaqaga tayyorman va jamoamiz haqida ham shu fikrni aytaman", – deydi Abbos Fayzullaev.

Ma'lumot uchun, vakillarimiz mundialdagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 07:00 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia