Fayzullaevning birinchi murabbiyi: "Abbos O'zbekistonning Jahon chempionatidagi birinchi golini urganidan nihoyatda xursandman"

Sherzod Nurmatov
18 iyun 2026, 14:52
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning birinchi murabbiyi Dmitriy An terma jamoaning JCH-2026'da Kolumbiyaga qarshi o'yini haqida fikr bildirdi.

"O'zbekistonda hamma jamoani qo'llab-quvvatladi. Yigitlar unchalik hayajonlanishmadi, shuning uchun o'z o'yinlarini qura olishdi. Ehtimol, jamoa hujum va himoyada yanada tartibli o'ynashi kerak edi. Lekin umuman olganda, ular yaxshi ko'rinishdi.

Abbos O'zbekistonning Jahon chempionatidagi birinchi golini urganidan nihoyatda xursandman. Bu u va butun mamlakat uchun tarixiy voqea. Fayzullaev har doim gol urish qobiliyatiga ega bo'lib kelgan va bo'yi past bo'lsa-da, ilgari ham boshi bilan gol urgan. Bu juda yoqimli", – dedi An.

7.jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia