

"Yevropa futbolida ko'pchilik FIFAning rejalarini futbolga nisbatan mutlaq tajovuz deb hisoblaydi. Men bu nuqtayi nazarni qo'llab-quvvatlayman. Bu chegaradan chiqishdir. Ko'plab a'zo assotsiatsiyalar bunga rozi, so'nggi kunlarda Aleksander Cheferin va boshqa hamkasblar bilan qilgan suhbatlarim ham shundan dalolat beradi.
Amerikadagi 2026 yilgi jahon chempionatida oltita Yevropa jamoasi chorak finalga, uchtasi esa yarim finalga chiqdi. Agar Yevropa futboli bu rejalarga qarshi birlashsa, bu katta ahamiyatga ega bo'ladi", – dedi Vatcke.



