

Randal Kolo-Muani "Yuventus"ga qaytishga yaqin turibdi. Turin klubi "PSJ" bilan 27 yoshli hujumchini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish borasida deyarli kelishib oldi, deb xabar beradi "RMC Sport". Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun yaqin 48 soat ichida Italiyaga yetib kelishi kutilmoqda. Fransiyalik futbolchi allaqachon 2024/25 yilgi mavsumda "byankoneri" safida to'p surgan. O'tgan mavsumni u "Tottenxem"da ijara asosida o'tkazib, APLning 30 ta o'yinida 1 ta gol urdi.


