"Neftchi" safida yo'qotishlar bor

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2026, 18:57
Superligada peshqadamlik qilayotgan "Neftchi" safida jarohatlanganlar bor.

“Abrorbek Ismoilov “Buxoro”ga qarshi bahsda o'ng qovurg'asidan jarohat oldi. Tibbiy tekshiruvlar xulosasiga ko'ra, himoyachi taxminan bir oy davomida davolanish va tiklanish jarayonida bo'ladi.

Asilbek Jumaev “So'g'diyona”ga qarshi uchrashuvda o'ng tizzasidan jarohat olganiga qaramay, haqiqiy xarakter namoyish etib, “Navbahor”ga qarshi vodiy derbisida ham jamoasiga yordam berish uchun maydonga tushdi.

Tibbiy xulosaga ko'ra:

  • o'ng tizza bo'g'imi va sonning pastki qismi lat egan;

  • o'ng tizza bo'g'imida posttravmatik gemartroz aniqlangan.

Zarur tibbiy muolajalar amalga oshirildi, MRT tekshiruvi tayinlandi. Futbolchining taxminiy tiklanish muddati 7–10 kun etadi.

Yovan Jokich esa “Navbahor”ga qarshi uchrashuv oldidan chigalyozdi mashg'ulotlari vaqtida avvalgi o'ng axill payi jarohatini qayta his qildi. Batafsil tekshiruvlardan so'ng Axill payidagi muammo jarrohlik yo'li bilan davolanishi belgilandi.

Tajribali legioner yaqin kunlarda Yevropada jarrohlik amaliyotini o'taydi. Rejaga ko'ra, u 3–4 oy davom etadigan tiklanish jarayonidan so'ng mashg'ulotlarga qaytadi” - deyiladi “Neftchi” bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати