

Bitim to'liq kelishib olingan - bu tekin transfer. Havbekning "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi ikki yilga mo'ljallangan. Bu haqda nufuzli jurnalist Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Xenderson o'tgan mavsumda "Brentford" safida 34 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
Jordan Xenderson "Sanderlend" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kattalar miqyosida yarim himoyachi 2011 yildan 2023 yilgacha "Liverpul" safida to'p surib, jamoa tarkibida bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan. Shuningdek, yarim himoyachining faoliyatida "Koventri Siti", "Al-Ittifoq" va "Ayaks" klublari ham bor.



