

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, ingliz klubi Yaysslening shartnomasini sotib olish uchun 10 million evro miqdorida kompensaciya to'laydi. Avvalroq tomonlar 37 yoshli murabbiy bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Al Ahli" rahbariyati Yaysslening ketish istagidan hayratda qolgan. Chunki u klubning yozgi transfer kampaniyasida faol ishtirok etgan va yangi mavsum rejalari u bilan birgalikda ishlab chiqilgan edi. Endi saudiyaliklar uning o'rniga o'yin uslubi jihatidan o'xshash mutaxassis qidirishni boshlagan.
Shuningdek, "Nyukasl"da besh yil faoliyat yuritgan Eddi Xau jamoani tark etadi. Uning o'rnini egallashi kutilayotgan Mattias Yayssle esa yaqin kunlar ichida yangi klubi bilan rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.



