Eldor Boymatov: "Ahvol juda og'ir. Faqat safar uchun pul bor. To'rt turdan keyin..."

31 iyul 2026, 00:30
Proliga 12-turidan o'rin olgan "TerDU" – "Kattaqo'rg'on" (0:2) uchrashuvidan keyin "TerDU" bosh murabbiyi Eldor Boymatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Uchrashuv yaxshi kechdi. O'yin boshida o'z xatolarimiz sababli gol o'tkazib yubordik. Yigitlarda biroz hayajon sezildi. Bunga yozgi yig'inlarning bo'lmagani sabab ham bo'lsa kerak. "Kattaqo'rg'on" o'z vaziyatlaridan foydalanib ketdi.

DSC_3502.JPG

- Ikkala golga e'tibor bersak, deyarli bir xil gol bo'ldi. Yani raqib ikkinchi tempdagi zarba orqali gol urdi. Bu nimadan dalolat?

- Birinchi golda tayanch himoyachilar markaziy himoyachilar bilan bir chiziqda qolib ketdi va hudud ochiq qoldi. Ikkinchi golda esa tayanch himoyachilardan aynan o'sha hududda turishlarini talab qilgandim. E'tiborsizlikmi yoki tajribasizlikmi, zaxiradan tushganidan keyin o'yinga kirisha olmadimi, bilmadim, to'g'ri Siz aytgandek ikkita bir xil gollar o'tkazdik. O'zimizga o'zimiz shu gollarni olib keldik.

- O'zingiz nega 2-3ta o'yinda yo'q bo'lib qoldingiz? Qanday muammolar bo'ldi? Nega jamoa yozda yig'in o'tkazmadi?

- Muammolar bor, endi uydagi gapni ko'chaga olib chiqmaymiz-da. Yaxshi niyat qilib turibmiz, balki bu muammolar ham hal bo'lib ketar. Eng katta muammomiz - moliyaviy muammo. Jamoa juda ham qiyin ahvolda. O'yinga borishga pul bor, boshqa narsalarga esa yo'q. To'rt turdan keyin barchasi yanada qiyin bo'lib ketsa kerak. Uy maydonimiz yo'q, barcha o'yinlarimiz safarda bo'lmoqda.

- Yetakchi futbolchilarning jamoadan ketishining sababi shumi?

- Ha. Shu boisdan selekciya ishlarini ham olib bormadik, hatto bosh murabbiy kim ekanligi ham aniq emasdi. Varianti bor o'yinlarimizning barchasiga javob berdik. Uch poziciya uchun futbolchi oldik, qolganlari esa bo'sh turibdi. Zo'rg'a 18 futbolchi bo'ldik va o'yinga keldik.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia