Konferenciyalar ligasi. 2-saralash bosqichi. “Istanbul Bashakshexir” mag'lubiyatga uchradi va guruh bosqichiga chiqa olmadi

30 iyul 2026, 23:25
Konferenciyalar ligasi 2-saralash bosqichi javob o'yinlari doirasidagi “Inter Torku” - “Istanbul Bashakshexir” o'yini bo'lib o'tdi.

Istanbuldagi ilk o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Hamyurtlarimiz o'ynaydigan “Bashakshexir” ikkinchi o'yinda 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi va guruh bosqichiga chiqish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.

Istanbulliklar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 77-daqiqada zaxiraga olindi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullayev tanaffusdan so'ng maydonga tushishdi.

Inter Turku - Istanbul Bashakshehir 2:0

Gollar: Yasse Tuominen (18, 1:0), Klinton Jefta (47, 2:0).

Inter Turku: Eetu Xuuxtanen, Samu Saarinen, Leo Kuyttinen, Ilari Kangasniemi (Yeboa Amankva, 81), Yussi Niska, Yasse Tuominen (Prosper Axiabu, 66), Yanne-Pekka Layne, Bismark Ampofo (Iiro Yarvinen, 81), Loik Essomba (Yulius Tauriaynen, 66), Alie Konte (Jan Botue, 73), Klinton Jefta.

Istanbul Bashakshehir: Muhammad Shengezer, Kristofer Operi, Usseynu Ba, Emin Bayram, Onur Bulut, Umut Gyunesh (Berkay O'zjan, 57), Berat O'zdemir, Ivan Brnich (Abbosbek Fayzullayev, 46), Yusuf Sari (O'mer Ali Shahiner, 77), Eldor Shomurodov (Nuno Da Koshta, 77), Davie Zelke (Bertug' Yildirim, 46).

Ogohlantirishlar: Usseynu Ba (10), Yanne-Pekka Layne (50), Yasse Tuominen (55), Onur Bulut (80).

Chetlatish: Yanne-Pekka Layne (88).

gettyimages-2287630068-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia