"Real" Gyulerning muvaffaqiyati uchun pul to'laydi: "Fenerbaxche" bilan shartnomadagi yashirin bonus faollashtirildi

Sherzod Nurmatov
3 noya 2025, 16:13
"Real" Ispaniya chempionatining 11-turida "Valensiya" ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng Madrid klubi va Istanbulning "Fenerbaxche" klubi o'rtasidagi transfer shartnomasida ko'zda tutilgan yana bir bonus kuchga kirdi.

"Diario AS" nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar" Turkiya klubiga 2 million evro to'lashi shart - bu Arda Gyulerning "Real" klubi safida 75 o'yin o'tkazgani uchun shartnomasida ko'rsatilgan aniq miqdor.

Yosh yarim himoyachi 2023 yilning yozida madridliklar safiga o'tdi. Uning transferining umumiy qiymati 26 million evroni tashkil etdi. Gyuler transfyerdan so'ng 75 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu summa "Real" uchun ramziy tuyulishi mumkin bo'lsa-da, "Fenerbaxche" uchun bu akademiyaga yaxshigina sarmoyadir.

Shuningdek, Arda Gyuler "Real"da "Oyning eng yaxshi futbolchisi" mukofotiga sazovor bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS