"Mashal" Bumbar transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2026, 12:50
"Mashal" chernogoriyalik markaziy himoyachi Drago Bumbar bilan mehnat shartnomasi imzoladi.

28 yoshli futbolchi 1997 yil 10 noyabrda Chernogoriyaning Kotor shahrida tavallud topgan. Uning bo'yi 193 santimetr bo'lib, asosan markaziy himoyachi sifatida harakat qiladi. Zarur holatlarda o'ng qanot himoyasida ham o'ynay oladi. O'ng oyoqli futbolchi jismoniy kuchi, havodagi kurashlardagi ustunligi va ishonchli himoyaviy harakatlari bilan ajralib turadi.

2.jpg

Faoliyati davomida Chernogoriya, Serbiya va Albaniya chempionatlarida to'p tepgan Bumbar so'nggi mavsumlarda Chernogoriya Premer-ligasining “Bokel” klubi sharafini himoya qildi. U professional faoliyati davomida 165 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати