FIFA JCH-2026'da qancha daromad topdi?

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2026, 11:35
FIFA AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o'tkazilgan Jahon chempionati yakunlari bo'yicha rekord daromad olganini e'lon qilishga tayyorlanmoqda.

To'plangan ma'lumotlarga ko'ra, tashkilotning JCH-2026dan olgan umumiy tushumi 15 milliard dollarni tashkil etdi. Bu FIFA tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.

Daromadning keskin ortishiga ishtirokchi terma jamoalar sonining 48 taga ko'paytirilgani, o'yinlar soni oshishi, teletranslyatsiya va homiylik shartnomalarining ko'lami kengaygani hamda chiptalar savdosi asosiy omil bo'ldi.

Shu tariqa, AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida kechgan JCH-2026 nafaqat maydondagi rekordlar, balki mana shunday hayratlanarli raqamlar va tijoriy muvaffaqiyatlar bilan ham tarixda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CNBC