

Manbaga ko'ra, "Kristal Pelas" Lakrua uchun "Tottenxem" yozda "Brayton"ga markaziy himoyachi Yan Paul van Xekke uchun to'lagan 65 million evrodan ko'proq mablag' olmoqchi.
"Chelsi" esa o'z navbatida jismonan baquvvat va Angliya Premer-ligasida o'ynash tajribasiga ega bo'lgan himoyachi qidirmoqda. Klubni tark etishi mumkin bo'lgan o'yinchilar orasida himoyachilar Trevo Chaloba, Benua Badyashil, Malo Gusto va Aksel Disasi nomlari keltirilmoqda.



