

✅ "Neftchi" - "Buxoro"
Hakam jarima maydoni ichida to'p qo'l bilan o'ynalgani uchun penalti belgilab to'g'ri qildi. "Neftchi" himoyachisining qo'li tabiiy bo'lmagan holatda va tanadan ancha chetda edi.
✅ "Neftchi" - "Buxoro"
Hakam ushbu vaziyatda to'g'ri qaror qabul qildi va o'yinni davom ettirdi. Ha, futbolchilarning oyoqlari o'rtasida ozgina kontakt bor, ammo bu "Neftchi" o'yinchisining keyingi harakatiga hech qanday ta’sir ko'rsatmagan - u o'z tashabbusi bilan yiqilgan.
❌ "Neftchi" - "Buxoro"
Dastlab "Buxoro" himoyachisining qo'li tabiiy holatda edi, ammo keyin u qo'li bilan to'p tomon harakat qildi. Bizningcha, penalti - to'g'ri qaror.
✅ "Neftchi" - "Buxoro"
"Buxoro" himoyachisi raqib uzatmasini muvaffaqiyatli blok qildi: to'p avval himoyachining tanasiga, so'ng qo'liga tegdi. O'yinni davom ettirish - to'g'ri qaror.
✅❌ "Neftchi" - "Buxoro"
Fikrimizcha, ushbu vaziyatda sportchiga xos bo'lmagan xulq-atvor uchun har ikkala futbolchiga sariq kartochka ko'rsatib to'g'ri qilindi.
P.S. Bosh hakam yakunda ushbu vaziyatdan so'ng kelib chiqqan tortishuv uchun Jamshid Iskanderov va Xurshid Muxtorovni sariq kartochka bilan jazoladi. Umid Hamroev sariq kartochka olmadi.
❌ "Bunyodkor" - "Nasaf"
Ushbu vaziyatda VAR qaroriga qo'shilamiz. Raqib yuziga tirsakning o'tkir qismi bilan ortiqcha kuch ishlatilgan holda aniq zarba berilganini ko'rishimiz mumkin. Bizningcha, qoida jiddiy tarzda buzilgani uchun "Nasaf" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatish kerak edi.
✅ "Navbahor" - OKMK
Ushbu vaziyatda biz golni hisobga olgan hakamlar brigadasining qaroriga qo'shilamiz. Hujum qilayotgan futbolchi tomonidan hech qanday qoidabuzarlikni ko'rmayapmiz. Shuningdek, to'p maydon tashqarisiga to'liq chiqib ketmagan, hakam yordamchisi ideal poziciyada turgandi, OKMKning goli to'g'ri hisobga olingan.
❌ "Paxtakor" - "Lokomotiv"
Bu va shunga o'xshash vaziyatlarda istiqbolli hujumni uzib qo'yganlik uchun "kechiktirilgan sariq kartochka" principi qo'llanishi mumkin emas, chunki bu o'rinda afzallik principi ishlatilmoqda. Ammo qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatilishi mumkin. Ushbu epizodda "Lokomotiv" himoyachisi mulohazasiz tarzda kurashga kirishdi va qo'pol o'yin uchun sariq kartochkaga loyiq edi, o'yin to'xtaganida uni ogohlantirish lozim edi.
❌ "Andijon" - "Surxon"
Bizning chiziqlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, hujumchi to'pga tegingan lahzada gol urgan futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgan. "Surxon"ning goli bekor qilinishi kerak edi.

Shu tariqa, Superliganing 12-tur o'yinlarida hakamlar 5 ta xatoga yo'l qo'yishdi. Ulardan bazilari yakunda o'yinlar natijasiga bevosita ta’sir ko'rsatdi:
• "Nasaf" 52-daqiqada, hisob 1:1 bo'lib turganda bir kishi kam bo'lib qolishi kerak edi. Yakunda qarshiliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi, maydondan chetlatilishi kerak bo'lgan Otubanjo esa jamoasining ikkinchi golida ishtirok etdi va uchinchi golni urib ketdi;
• "Surxon" "Andijon"ga g'alaba golini ofsayddan urdi.



