Ro'ziqul Berdiev "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng hakam bilan bahslashganiga izoh berdi

Оқил Абдубарноев
31 avg 2026, 17:05
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng (0:1) hakamlarga qaysi epizod yuzasidan etiroz bildirganini aytdi.

“Hisob 1:0 bo'lib turgan paytdagi so'nggi jarima to'pini bizning zararimizga belgilagani uchun hakamlarga etiroz bildirdik. Boshqa hech qanday gap bo'lgani yo'q. Faqatgina o'sha epizod bo'yicha "Nima uchun bu tarafga jarima belgilandi?" deb so'radik, xolos. Boshqa hech qanday savol bo'lmadi”, dedi qarshiliklar ustozi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia