Xabi Alonso: "Enco Fernandes "Chelsi" bilan birgalikda qabul qilgan qarorimiz sababli o'ynamadi"

Sherzod Nurmatov
28 avg 2026, 16:50
"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Liga Kubogi 2-bosqichida “Luton Taun” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) nega yarim himoyachi Enco Fernandes qaydnomaga kiritilmaganini tushuntirdi.

"Bu men va klubning birgalikdagi qarori bo'ldi. Bu qachon qabul qilindi? Kecha", – dedi Alonso matbuot anjumanida.

Avvalroq Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan futbolchi transferi ustida "Manchester Siti" faol ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif