


“Hammasi murakkab, chunki roppa-rosa o'n yil davomida bizda Messi - Ronaldu, Ronaldu - Messi avlodi bor edi... Endi esa vaziyat ancha ochiqroq, biz buni o'tgan yili ham ko'rdik. Shu sababli bitta nomni aytib o'tirmayman: menimcha, eng samaralisi - bu Kilian [Mbappe]. Jamoa uchun juda muhim bo'lgani - buni ko'rdik - bu Rodri, u JCHni juda yaxshi o'tkazdi. O'yin bo'yicha eng fantastik futbolchi - bu Lamin Yamal. Barcha sovrinlarni yutgan futbolchi esa - Fabian Ruis... Shunday qilib, allaqachon to'rt nafar bo'ldi. Biroq men kichikkina tangamni "Pari Sen-Jermen" futbolchisi - Kvaraga tikkan bo'lardim", – dedi Platini.
2026 yilgi "Oltin to'p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.



