

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi.
"Matraschilar" turinliklarga 26 yoshli kanadalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha taklif bilan chiqishdi. Hujumchi Ispaniya klubiga o'tishga tayyor.
Biroq "Atletiko" Devidning barcha maoshini to'liq o'z zimmasiga olish niyatida emas. Ayni damda tomonlar kelishuvni bugun yakunlashga harakat qilish maqsadida tafsilotlarni muhokama qilishmoqda.



