Kristian Zakkardo: "Butun Italiya Jahon chempionatida O'zbekistonga muxlislik qildi"

Оқил Абдубарноев
3 sen 2026, 15:50
Italiyalik futbol afsonasi Kristian Zakkardo Fabio Kannavaro qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokini baholadi.

"O'tgan yili avgust oxirlarida biz O'zbekistonga qilgan tashrifimiz davomida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Fabio Kannavaroga taklif tushdi va bir nechta haftalar ichida u O'zbekiston terma jamoasini bosh murabbiyi bo'lishga rozi bo'ldi.

Albatta, biz uni sardorimiz sifatida yaxshi bilamiz, 2006 yilgi Jahon chempionatini Italiya qo'lga kiritganida Italiya terma jamoasini sardori edi. Inson sifatida juda ham xarizmatik va ishiga o'ta jiddiy yondashadi.

O'zbekiston Jahon chempionatida unchalik ham oson bo'lmagan guruhdan joy oldi. Albatta, futbolda natija muhim. Natija nuqtayi nazaridan tahlil qilinsa, yaxshi natija ko'rsatilmadiyu, lekin men bir narsani ayta olaman: yanvar oyida bo'ladigan Osiyo Kubogida jamoangiz raqobatbardosh va har qanday o'sha Osiyoning jamoasi bilan bellasha oladigan kuchga ega bo'lib, biz Fabio bilan muloqotda bo'lib turibmiz.

Albatta, u terma jamoani kuchli tarkib bilan olib borib, natija qiladi va bu yo'lida unga omad tilaymiz. Yana bir narsani takidlamoqchiman, bu yilgi mundialda Italiya qatnasha olmadi va ishoning, butun Italiya futbol ahli, italiyalik muxlislar sizning terma jamoangizga muxlislik qilishdi. Men buni ayta olaman. Shuning uchun uning natijalari kelajakda albatta yaxshi bo'ladi, bunga ishonaman", – dedi 44 yoshli mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia