

“Kirish so'zimda ham ta'kidlab o'tganimdek, biz bu loyihani mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishladik. Hurmatli Prezidentimiz rahnamoligida bugun O'zbekistonda futbol mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. O'smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz Jahon chempionatlariga yo'llanma oldi va munosib ishtirok etdi. Tarixda birinchi marta Fransiyada bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida qatnashdik. Sportning tizimli rivojlantirilishi natijasida o'tgan yili Jahon chempionatiga chiqishga ham erishdik. Bularning barchasi so'nggi o'n yil ichida amalga oshirilgan islohotlar, qolaversa, Prezidentimiz va davlatimizning ulkan qo'llab-quvvatlovi mevasidir.
Mazkur tadbir mustaqilligimizning 35 yilligiga bag'ishlangani sababli, unga sarflangan mablag' haqida gapirish unchalik o'rinli emas. Ochiq aytish kerak, kimlarningdir xayolida nollar aylanayotgandir, lekin bu summa qanchaligi haqida aytmayman.
E'tibor bergan bo'lsangiz, kechagi o'yinlar uchun chiptalarning barchasini ham sotmadik. Asosiy maqsadimiz – birinchi navbatda sportni ommalashtirish va xalqimizga tom manoda bayram shukuhini ulashishdir. Biz bu tadbirdan hech qanday iqtisodiy manfaat ko'zlamaganmiz. Prezidentimiz biz tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyatlar yaratib berganlar. Men federatsiya rahbari bo'lish bilan birgalikda, tadbirkorlik bilan ham shug'ullanaman. Shu bois, ushbu tadbirni bizning vatanimizga va xalqimizga kichik bayram sovg'asi sifatida qabul qilishingizni so'rayman”, – dedi Mamatqulov.



