Superliga. OKMK o'z maydonida "Xorazm"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

Iskandarov Abdulaziz
3 sen 2026, 20:50
Superliga 20-turidan o'rin olgan ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.

Superliga

20-tur

OKMK – “Xorazm” 1:0 (TUGADI)

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19:00

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov

Zaxira hakami: Salohiddin Akramov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Dias Galeev

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Akmal Rahmatov

Gol: Siyavash Haqnazariy 15, 1:0

OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shahzod Toirov, 4.Mirjamol Qosimov (,28.Arixiro Sentoku, 84), 5.Giorgi Papava, 7.Dilshod Ahmadaliev, 9.Aziz Xolmurodov ( 27.Urosh Koyich, 74), 10.Asadbek Sobirjonov, 17.Nodir Abdurazzoqov (21.Xazratjon Tursunqulov,74) 19.Ahmadullo Muqumjonov, 44.Abror Karimov, 88.Siyavash Haqnazariy.

Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 11.Ali Abdurahmonov, 30.Abror Sarimsoqov, 77.Ivan Peshich.

"Xorazm": 77.Umidjon Ergashev, 9.Sardorbek Azimov (71.Umid Sultonov, 61), 13.Elzio Lohan (6.Nurjahon Muzaffarov, 46), 15.Diyor Ortiqboev, 17.Danil Nugumanov, 22.Sunnatulloh Hamidjonov (12.Maksim Shiryaev,46), 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 90.Ulug'bek Hoshimov, 94.Rustam Abduhamidov (79.Aziz Axrorov, 79), 96.Rafael Sabino (34.Suhrob Izzatov, 61)

Zaxira: 1.Mashhur Muhammadjonov, 8.Nodirbek Abduxoliqov, 10.Rafael Tavares, 88.Abror Xo'sinov.

84. O'ZGARISH. OKMK, Qosimov o'rniga Sentoku tushdi.

75. ZARBA. Hazratjon Tursunqulovdan kuchli aniq zarba, Umidjon Ergashev qiyinchilik bilan qaytardi.

74. O'ZGARISH. OKMK, Abdurazzoqov o'rniga Tursunqulov, Xolmurodov o'rniga Koyich tushdi.

61. O'ZGARISH. “Xorazm”, Sardor Azimov o'rniga Umid Sultonov, Rafael Sabino o'rniga Suhrob Izzatov tushdi.

57. Yana Aziz Xolmurodov faollik ko'rsatdi. Bu safar zarbasi noaniq.

51. ZARBA. Aziz Xolmurodovda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Umidjon Ergashev to'pni qaytardi.

46. O'ZGARISH. “Xorazm”, Elzio Lohan o'rniga Nurjahon Muzaffarov tushdi.

46. O'ZGARISH. “Xorazm”, Sunnatulloh Hamidjonov o'rniga Maksim Shiryaev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Rustam Abduhamidovning zarbasi noaniq.

37. OGOHLANTIRISH. Rafael Sabino, “Xorazm”

26. Nodir Abdurazzoqov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Birga bir vaziyatda Umidjon Ergashev jamoasini qutqardi.

22. Naim Qosimov VAR monitorida vaziyatni ko'rgach penalti yo'qligini aytdi.

21. “Xorazm” darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Matiya Rom OKMK futbolchisiga qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin.

19. OKMKdan xavfli hujum. Aziz Xolmurodov yorib kirdi, zarba berdi, Ergashev qaytardi. Qaytgan to'pga zarba yo'llagan OKMK futbolchisi burchak to'pi ishladi.

17. “Xorazm”ning urgan goli o'yindan tashqari holat sabab hisobga olinmadi.

15. GOL. Siyavash Haqnazariy deyarli maydon markaziga yaqin joydan aniq tepib to'pni Ergashev darvozasiga tushirib qo'ydi. Kecha Milichkovich Proligada bugun Haqnazariy Superligada supergol urdi.

13. ZARBA. Nodir Abdurazzoqovning “Xorazm” darvozasiga yo'llagan zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

O'yinga start berildi.

-Jamoalar maydonga chiqib keldi.

-Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia