

31 mart kuni "Uembli"da bo'lib o'tadigan Yaponiya bilan o'rtoqlik o'yini oldidan "uch sherlar" qarorgohini Aaron Remsdeyl ("Nyukasl"), Fikayo Tomori ("Milan"), Dominik Kalvert-Lyuin ("Lids"), Jon Stounz ("Manchester Siti"), Adam Uorton ("Kristal Pelas"), Noni Madueke, Deklan Rays va Bukayo Saka (barchasi - "Arsenal") tark etdi.
Avvalroq, Eberechi Eze va Jerell Kuansa o'rniga Xarvi Barns va Ben Uayt Angliya terma jamoasiga chaqirilgani xabar qilingandi.



