

Italiya terma jamoasi ketma-ket uchta jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmadi.
"Menimcha, so'nggi yillarda Italiya top-darajadagi yaxshi futbolchilar avlodini yetishtirib bera olmadi. Hattoki, hozir, masalan, "Milan", "Inter" va "Yuventus" kabi Italiyaning yetakchi klublarida birorta ham sifatli italyan hujumchisi yo'q.
O'ylashimcha, Italiya keyingi jahon chempionatida ishtirok etishi shart. Menimcha, yangi avlod vakillari - hozirda 20 yoshgacha va 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar Yevropada juda yaxshi harakat qilishmoqda.
Italiyada yangi avlod yaxshiroq bo'ladi deb o'ylayman va Italiya keyingi jahon chempionatida ishtirok eta oladi", - dedi italiyalik mutaxassis CNN Esportes nashriga bergan intervyusida.



