

"Biz ushbu vaziyatdagi xatoni tan olishni muhim deb hisobladik. Bilamizki, Erling Xoland ofsaydda bo'lmasa ham, unga nisbatan shubha qilingan edi. Shuningdek, ofsaydda bo'lgan Enco Fernandes "MYU" himoyasiga va katta ehtimol bilan darvozabonga ham xalaqit berganini yaxshi bilamiz.
Barchamiz kabi men ham bunday natijadan juda xafsalam pir bo'ldi. Eng ko'p esa hakamlarning o'zlari qiynalishmoqda. Ular o'z ishlari bilan haqli ravishda faxrlanishadi va hozirda bu vaziyatni uddalay olmaganidan qayg'urishmoqda. Ular terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffus tugagunga qadar o'yin boshqarishmaydi.
Biz "Manchester Yunayted" bilan bog'lanib, bu kabi holatlarda qilganimizdek - garchi bunday narsalar kamdan-kam uchrasa ham - xatoni tan oldik. Biz shaffof va ochiq harakat qilishni xohlaymiz. Nima sodir bo'lganini tushunib yetishlari uchun klubga audio va video yozuvlarni taqdim etdik. Qaysi jarayon elementlari ish bermaganini va to'g'ri qarorga kelishga xalaqit qilganini tushunish uchun vaziyatni tahlil qilamiz.
Maydondagi qaror Fernandesga qarshi emas, balki Xolanda qarshi chiqarilgan edi. VAR tekshiruvni boshlaganida, Xoland aslida ofsaydda emasligini ko'radi. VAR e'tiborini juda ham Holandga qaratadi. U futbolchining to'g'ri poziciyada ekanligini aniqlaydi, ammo o'yinning ushbu fazasini to'liq o'rganib chiqqanida, Fernandesning ta’sirini etarlicha baholamaydi. Unda tunnel ko'rishi (bir nuqtaga tikilib qolish) yuzaga keladi, lekin uning jamoasining qolgan qismi uni o'sha tunneldan chiqarib yuborishi kerak edi. Afsuski, bu safar bunday bo'lmadi.
Bu gol bekor qilinishi kerak edi", - dedi Uebb.



