

26 yoshli yaponiyalik futbolchi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U klub tarixidagi ilk yaponiyalik futbolchi bo'ladi.
Transfer summasi 1 million evroni tashkil etdi. Yana 19,5 million evrogacha bo'lgan mablag'ni "Lion" bonuslar sifatida to'lab berishi mumkin. Shuningdek, "Reyms" futbolchining kelajakdagi ehtimoliy qayta sotuvi foydasidan 12,5 foiz ulush oladi.

"Men "Lion"ga qo'shilganimdan juda xursandman. Bu - buyuk klub. Ushbu libosda maydonga tushish va jamoaga foyda keltirishni sabrsizlik bilan kutyapman. Men klub tarixidagi birinchi yaponiyalik bo'lganimni bildim. Bu men uchun juda muhim va o'z mamlakatim nomini imkon qadar munosib himoya qilaman degan umiddaman", – dedi Nakamura.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million evroga baholamoqda.
Nakamura "Reyms" safida 2023 yildan beri to'p tepib kelayotgandi. U 97 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan.



