Rasman: Quvondiq Ro'ziev - "Buxoro" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
10 avg 2026, 21:12
Quvondiq Ro'ziev jamoasini o'zgartirdi.

Superliganing birinchi davrasida “Navbahor” sharafini himoya qilgan Ro'ziev faoliyatini "Buxoro” klubida davom ettiradi. Bu haqda buxoroliklar matbuot xizmati e'lon qildi.

“Quvondiq Ro'ziev 1994-yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida “Lokomotiv”, “Turon”, “Qo'qon-1912”, “Sri Pahang” (Malayziya), “Neftchi” hamda “Navbahor” kabi klublar safida to'p surgan. Ro'ziev futbolchilik faoliyatida 300 dan ortiq rasmiy bellashuvlarda maydonga tushgan.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Quvondiq Ro'zievning ulkan tajribasi va mahoratiga, yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning g'alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashiga ishonch bildiradi” - deyiladi “Buxoro” rasmiy bayonotida.

photo_2026-08-10_21-06-45.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати