"Neftchi" bilan chempionlikni qo'lga kiritgan futbolchi "Navbahor"ga o'tdi

Khoja
17 dek 2025
O'tgan mavsum "Neftchi"da o'tkazgan Quvondiq Ro'ziev yangi mavsumni vodiyning boshqa jamaosida davom ettiradi.

Yarim himoyachi yangi mavsumni "Navbahor"da boshlaydi. Bu haqda Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

31 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda Superligada 27 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta assist bor.

Ro'ziev "Neftchi"dan tashqari faoliyati davomida "Turon", "Qo'qon-1912", "Navbahor", "Lokomotiv" va Tailand jamoasida to'p surgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia