Rasman: “Kattaqo'rg'on” klubiga texnik mag'lubiyat yozildi

admin
8 okt 2026, 17:07
Bugun, 8 oktyabr sanasida Proliganing 21-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on” – “Metallurg” uchrashuvi bo'lib o'tishi belgilangandi.

“16:00'da boshlanishi rejalashtirilgan uchrashuvga har ikki jamoa va uchrashuv rasmiylari o'z vaqtida yetib keldi. Biroq tez tibbiy yordam mashinalari yoki xavfsizlik uchun javobgar organlarning kechikishi oqibatida uchrashuvni o'z vaqtida boshlashning imkoni bo'lmadi.

Proliga reglamentining 15.18-bandiga ko'ra, bunday vaziyatda komissar 30 daqiqa kutganidan so'ng mezbon jamoaga texnik mag'lubiyat yozishga haqli bo'ladi. Afsuski, Samarqanddagi “Afrosiyob” stadionida yoritish tizimi professional futbol uchrashuvlari talablariga javob bermaydigan holatda bo'lgani sababli o'yinni kerakli yorug'likda yakunlashning amalda imkoni qolmadi. Shu sababdan, uchrashuv komissari mezbonlarga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat, bekobodliklarga esa xuddi shu hisob bilan texnik g'alaba yozish bo'yicha qaror qabul qildi”, – deyiladi PFL xabarida.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: pfl.uz