

7 oktyabr kuni "Arsenal" 44 yoshli mutaxassis bilan 2030 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi bitim imzolanganini e'lon qildi.

"O'z kelajagimni ushbu klubga bag'ishlash va faqat "Arsenal"ga eng yaxshisini tilaydigan noyob insonlar bilan birgalikda ishlashda davom etish men uchun ulkan sharaf. Bu klub o'zining xarakteri va insonda uyg'otadigan tuyg'ulari bilan betakrordir. Yo'limiz davom etishidan beqiyos faxr tuymoqdaman. Biz allaqachon o'ziga xos mushtaraklik va bir umrlik xotiralarni yaratib ulgurdik. Eng ilhomlantiradigan jihati shundaki, bu birgalikda erisha olishimiz mumkin bo'lgan katta muvaffaqiyatlarning boshlanishi xolos. Bu men va oilam uchun g'oyat faxrli lahza. Muxlislarimizning muhabbati hamda hurmatini his qilib turibman va ularga xuddi shunday mehr bilan javob qaytaraman", – dedi Arteta.
Arteta "Arsenal"ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Londonliklar uning boshchiligida 2025/26 yilgi mavsum Angliya chempioniga aylanishdi, shuningdek, Angliya Kubogi (2019/20) va uch bor mamlakat Superkubogini (2020, 2023, 2026) qo'lga kiritishdi.



