

Yaqinda klub Ilyos Zeytullaevni bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qilgan edi. Endilikda unga "Kattaqo'rg'on"da Aleksey Nikolaev, Bobur Zuhriddinov, Andres Mauro yordam beradi. Ular allaqachon ish jarayoniga kirishishgan.
Ma'lumot uchun, ushbu mutaxassislar Zeytullaev bilan "Bunyodkor" jamoasida ham birga faoliyat olib borgan edi.





