Suares Messining Argentina safidagi so'nggi o'yinidan so'ng: "Har bir soniyani sog'inaman"

Sherzod Nurmatov
8 okt 2026, 16:27
Urugvaylik hujumchi Luis Suares argentinalik yulduz milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan keyin Lionel Messiga murojaat qildi.

Suares ko'p yillik jamoadoshi va do'sti uchun videomurojaat yozib qoldirdi. Urugvaylik futbolchi Messiga umumiy xotiralar, do'stlik va birgalikda o'tkazilgan yillar uchun minnatdorlik bildirdi.

"Har bir soniyani sog'inaman", – dedi Suares.

Messi Argentina terma jamoasi safidagi so'nggi uchrashuvini 6 oktyabr kuni o'tkazdi. Lionel Skaloni shogirdlari "Monumental" stadionida kechgan o'rtoqlik o'yinida Beninni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Messi penaltidan gol urib, ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi. U milliy jamoa tarkibida 208 ta bahs o'tkazib, 126 ta gol muallifiga aylandi. Suares va Messi birgalikda "Barselona"da to'p tepishgan, ayni paytda esa "Inter Mayami"da jamoadosh hisoblanishadi. Kataloniya klubi safida ular, jumladan, 2014/15 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida g'olib chiqishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Germany