Azamat Sharipov: "Futbolchimiz qizil kartochka olgach, o'yin tubdan o'zgarib ketdi"

Administrator
13 sen 2026, 21:44
Proliga 19-turdan o'rin olgan "BuxDU" – "Kattaqo'rg'on" uchrashuvidan so'ng "BuxDU" bosh murabbiyi Azamat Sharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuvni yaxshi boshladik. O'z maydonimizda to'p tepganimiz sababli yigitlarning ruhiyati baland bo'ldi. Menimcha, bahs teng kurashlar bo'yicha o'tdi. Tanaffus payti futbolchimiz qizil kartochka olgach, o'yin tubdan o'zgarib ketdi. Asosan standartlarda yutqazdik deb o'ylayman.

- Jamoangizda ichki muhit qanday? Qizil kartochka borasida nima deya olasiz?
- Muhit yaxshi edi. Mashg'ulotlar ham zo'r o'tdi. Qizil kartochka kutilmagan holat bo'ldi. Muxlislarimiz ko'z o'ngida harakat qilyapmiz, ishqibozlarni xursand qilish niyatida edik. O'yinga Shodmonovning ham yaqinlari kelgandi.

- Agar qizil kartochka bo'lmaganida ijobiy natija qayd etilishi mumkinmidi?
- Albatta, shunga umid qilsak bo'lardi. Chunki bir kishi kam qolib ham tengma-teng o'ynay oldik. Biz bosimni tushirdik va hisobni saqlab turdik. Ikkinchi taymda gol uramiz deb niyat qildik. Lekin tanaffusda bir o'yinchimiz, keyin ikkinchi bo'limda yana bir futbolchimiz "qizil" olib maydonda ikki kishi kam qoldik.

- Jamoa chuqurga tushib qolganmi?
- To'g'ri, ko'p yutqazyapmiz, ammo o'yinga keladigan bo'lsak, futbolchilarimiz oxirigacha kurashmoqda. Natija ko'rinmayapti, lekin o'yinimizda mano bor deb o'ylayman. Oxirgi nuqtani qo'yishda oqsayapmiz va standartlarda ko'p ishlashimiz kerak. Hali g'alabalarimiz oldinda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia