

Ma'lum bo'lishicha, 32 yoshli hujumchi yangi jamoasida 19-raqam ostida harakat qiladi.
Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevning "Persepolis" bilan shartnomasi 1,5 mavsumlik bo'lishi ma'lum bo'lgan edi. U shu vaqt ichida taxminan 1,5 mln dollar ishlab topadi.
"Men "Persepolis"ga kelayotganimda Oston O'runov bilan maslahatlashdim. Ushbu klub ajoyib muxlislarga ega. Bu erda ekanligimdan baxtiyorman.
Eron jamoalari haqida ko'plab ma'lumotlarni bilardim, bu erda yaxshi do'stlarim ko'p. Ilgari fors jamoalarida o'ynamaganman, endi buni sinab ko'rish vaqti keldi.
Qancha gol urishim sir bo'lib qo'ya qolsin, mavsum oxirida gaplashamiz", – dedi Sergeev.
Avvalroq u "Paxtakor" bilan xayrlashgan edi.
Eslatib o'tamiz, "qizillar tarkibida O'zbekiston termasining boshqa bir futbolchisi – Oston O'runov o'ynaydi.



