"Paxtakor"ga tez orada yangi hujumchi kelib qo'shiladi

Iskandarov Abdulaziz
27 iyul 2026, 11:34
Superligada yozgi transfer oynasida klublar tarkibida o'zgarishlar davom etadi.

"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev kecha "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng yangi hujumchi olinishi haqida fikr bildirdi.

"Hujumchi masalasida aytadigan bo'lsam, uzog'i bilan 3-4 kunda yana bitta yangi hujumchi jamoaga qo'shiladi. Bu masala aniq bo'ldi. Endi, bilasiz, barcha jamoalar ham bizga qarshi ochiq futbol o'ynayvermaydi. Baribir shuning hisobiga ham kam golli vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Biroq vaziyatlar bor. Agar vaziyatlar mutlaqo bo'lmaganida, xavotir o'rinli bo'lardi. Vaziyatlarimiz bor, faqat ulardan foydalanishimiz kerak. Xudo xohlasa, yaqin 3-4 kun ichida yangi o'yinchi kelib qo'shiladi",- deydi "sherlar" ustozi.

Matbuot anjumanini to'liq qismini videoda tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia