

- O'yin haqida fikringiz?
- Har uchrashuvdan oldin futbolchilarga bizga qarshi jamoalar xuddi final o'yinida maydonga tushgandek harakat qilishadi deb aytib kelyapmiz. Bugun ham shunday bo'ldi. Oxirgi daqiqagacha maksimal harakat qildik. Shu paytgacha "Navbahor" avvalgi bahslarda bugungidek bor kuch bilan harakat qilmagandi. Baribir peshqadam va amaldagi chempionga qarshi hamma bor kuchini ishga soladi. Bunga tabiiy hol sifatida qarayman. Bugun ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, futbolchilarimiz g'alaba uchun bor kuchlarini berishdi. Qiyin holatdan chiqib keta oldik va buning uchun futbolchilarimizga rahmat. O'yinni hamma turlicha talqin qilishi, kimdir bizni tanqid qilishi ham mumkin, lekin fakt shuki, hamon turnir jadvalining birinchi o'rnidamiz. "Paxtakor" bilan bahsni inobatga olmaganda, qolgan o'yinlarda mag'lubiyatsiz seriyani davom ettiryapmiz. Ishlashda davom etamiz, mavsumni peshqadam sifatida yakunlash uchun yanayam ko'proq mehnat qilamiz.
- Yovan Jokichning jarohati haqida?
- Ha, unda oldingi jarohat yana qaytadan takrorlandi va yaqinda operaciya jarayonini o'tkazadi. Shifokorlar operaciyadan keyingi tiklanish uch oy davom etishini aytishdi. Unga sog'lik tilab qolamiz.
- Yaqin oradagi rejalar qanday? Transfer borasida ishlar ketyaptimi?
- Klubimiz bu borada ish olib boryapti. Toki rasman shartnoma tuzilmaguncha yangilarni e'lon qilmay turamiz. Elit Osiyo chempionlar Ligasida munosib ishtirok etish uchun tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz.
- Bugungi natija mag'lubiyatga teng durangmi yoki g'alabaga teng durangmi?
- Albatta, chempionlik yo'lida har bir yo'qotilgan ochko mag'lubiyatga teng hisoblanadi. "Navbahor" bugun yaxshi harakat qildi, buni inkor etmayman. Lekin biz ham yaxshi o'ynadik, ko'p imkoniyatlar yaratdik. Ikkinchi taymda ko'proq hujum qildik, shundan so'ng raqib qarshi hujumlarda o'ynadi. Buni yo'qotilgan ochko deb aytsam bo'ladi. O'tkir Yusupov bugun ajoyib o'yinini o'tkazdi, yuz foizli gollarni olib chiqdi. G'alaba qozonishimiz mumkin edi, lekin omad kelmadi. Agar mag'lubiyatga uchraganimizda ko'rsatgan o'yinimizga nisbatan nohaqlik bo'lardi.
- "Neftchi" muxlislari hakamlarni hushtaklar ostida kuzatib qo'yishdi. Siz bugungi hakamlikka qanday qaraysiz?
- Men bu haqda hozir aniq bir gap ayta olmayman. Biz murabbiylar boshqa rakursdan o'yinni ko'ramiz. Hakam esa maydon ichida bo'ladi va o'yinni boshqaradi. Men ko'proq o'z futbolchilarim harakatini kuzataman.
- Yaqinda nihoyasiga etgan Jahon chempionatida qaysi murabbiyning ish faoliyatini kuzatib bordingiz?
- Albatta, Ispaniya terma jamoasi butun musobaqani juda yaxshi o'tkazdi. Bu jamoa ustozining ishlarini kuzatib bordim. Ispaniya termasi bosh murabbiyi Evroga qaraganda bu jahon chempionatida ancha yaxshi jamoani shakllantiribdi va ularni kuzatish yoqimli bo'ldi.



