Rasman: Bilolxon Toshmirzaev “Neftchi”ga qaytdi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2026, 17:37
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Iqtidorli futbolchi va klub rahbariyati o'rtasida 1,5 yillik rasmiy shartnoma imzolandi.

Uning maydondagi kreativ fikrlashi, tezkor qarorlari va yuqori texnikasi jamoamiz hujum chizig'ini yanada kuchaytirishiga ishonchimiz komil”, – deyiladi xabarda.

Ertaga 29 yoshni qarshi oladigan yarim himoyachi joriy mavsum “Bunyodkor” tarkibida 14 o'yinda ishtirok etib, 4 ta to'p kiritdi.

Ma'lumot o'rnida, Bilolxon Toshmirzaev 2023 yildan 2025 yilgacha “Neftchi” sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати