

12-turning eng yaxshi darvozaboni - Dostonbek To'xtaboev (“Mashal”)
Yangi bosh murabbiy boshchiligida “Mashal” ilk o'yindayoq g'alabaga erishdi va 11 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'ydi. Biroq bunda faqatgina bosh murabbiyning effekti emas, balki, darvozabonning ham katta hissasi bo'ldi. Dostonbek To'xtaboev uchrashuv davomida 5ta seyv amalga oshirdi va SofaScore talqiniga uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Shak-shubhasiz turning eng yaxshi darvozaboni aynan - Dostonbek To'xtaboev.

12-turning eng yaxshi murabbiyi - Mirjalol Qosimov
Ushbu mavsumda eng ko'p kambek oshirayotgan jamoaning bosh murabbiyi. OKMK futbol o'ynashni 70-daqiqadan keyin boshlamoqda va bu “Navbahor” bilan uchrashuvda ham ko'rindi. Mirjalol Qosimov tomonidan amalga oshirilgan o'zgarishlar o'yin taqdirini butunlay o'zgartirib tashladi va jamoasi muhim ochkolarni qo'lga kiritdi.

12-turning eng yaxshi futbolchisi - Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”)
“Nasaf”ning moliyaviy holati unchalik yaxshi emas. Biroq Bobir Abdixoliqov ushbu mavsumni yaxshi o'tkazmoqda. Abdixoliqov “Bunyodkor”ga qarshi o'yinni juda zo'r o'tkazdi va ikkita gol urib, jamoasining muhim g'alabasiga o'zining hissasini qo'shdi.

12-turning eng chiroyli goli - Bilolxon Toshmirzaev (“Bunyodkor”)
Ushbu tur chiroyli gollarga unchalik boy bo'lmadi, biroq Toshmirzaevning “Nasaf”ga urgan goli - haqiqiy sanat asari. U shunday chiroyli goli bilan hisobni ochgandi, biroq yakunda jamoasi g'alabani ushlab qola olmadi. Lekin bu gol albatta, takror va takror ko'rishga arziydi. Qayd etish kerak, ushbu goldan keyin to'p darvoza to'ridan ham o'tib ketgan.

12-turning ramziy jamoasi esa shunday ko'rinish oldi:




