Toshmirzaevga "Andijon" qiziqmoqda, ammo u boshqa vodiy klubiga o'tmoqchi
Оқил Абдубарноев
1 avg 2026, 20:31
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, "Andijon" jamoasining qiziqishlari markazida bo'lgan "Bunyodkor" futbolchisi Bilolxon Toshmirzaev faoliyatini Farg'onaning "Neftchi" klubida davom ettirishga yaqin turibdi.
Iqtidorli futbolchining jamoani o'zgartirish qaroriga poytaxt klubidagi hozirgi murakkab vaziyat asosiy sabab sifatida qaralmoqda.