Rashidjon G'ofurov: "Shoshilmasdan o'ynab, baribir maqsadimizga erishdik"

23 may 2026, 13:02
22 iyun sanasida Proliganing 3-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahs bo'lib o'tdi.

Unda "Paxtakor Farm" jamoasi "Yaypan"ni qabul qildi. O'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida farg'onaliklar ustozi Rashidjon G'ofurov ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Rahmat. Avvalambor o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, ko'rdingiz, juda chiroyli va qiziqarli bahs bo'ldi. Biz oson o'yin bo'lmasligini oldindan bilardik. Chunki raqib bizning o'yin uslubimizni o'rgangan, biz ham ularning harakatlarini tahlil qilgandik. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor Farm" ko'proq ikkinchi raqam ostida o'ynashga va qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildi.

Shunga qaramay, bemalol ayta olamanki, biz maydonda dominantlik qilib, o'yin tizginini qo'lga olishga urindik. Yigitlarga to'g'ri o'ynashni, ortiqcha shoshilmaslikni tushuntirgandim. Agar futbolchilar shoshmasdan, ko'rsatmalarni oxirigacha to'g'ri bajarishsa, raqib mudofaasidan baribir bo'shliq topilishini va gol urishimizni aytgan edim. Yakunda, o'yin oxirlab qolgan bo'lsa-da, baribir o'z maqsadimizga erishdik.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia