

Tataristonlik mutaxassis bosh murabbiy lavozimida Yorqin Nazarov o'rnini egallaydi.
Qaror O'zbekiston Kubogining "Paxtakor"ga qarshi muhim o'yini oldidan qabul qilindi. O'yin 27 may kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi.
Utkulbaev Markaziy Osiyo futboli va mintaqaning futbol muhiti bilan yaxshi tanish. U faoliyatining katta qismini Qurbon Berdiev va Muhsin Muhammadiev davrida ishlagan "Rubin" jamoasida o'tkazgan. O'sha yillarda o'zbekistonlik Vagiz Galiulin, Vadim Afonin, Andrey Fyodorov va Marat Bikmaev kabi futbolchilar o'ynagan.
Utkulbaev 2015 yil "Aktobe" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Keyinroq "Nefteximik"da ishlagan.



